Ijod maktabida "Polkovnik va yoshlar" uchrashuvi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida "Polkovnik va yoshlar" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Unda Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik F. Mirzayev o'quvchilar bilan dildan suhbat qildi. Suhbat jarayonida bugun yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, sidqidildan qilingan mehnat zamirida katta natijalar borligi,  yurtga sadoqatli bo'lishlikning buyuk mohiyati haqida so'zladi.
Shuningdek, o'z ona tilini puxta o'rganish barobarida chet tillarni o'zlashtirish va buning katta ahamiyati borligini aytib o'tdi. O'z hayotiy tajribalari bilan o'rtoqlashdi.

Tadbirda mavzuga oid video lavhalar namoyish etildi.

Tadbir so'ngida o'quvchilar tomonidan tayyorlanga badiiy chiqishlar yig'ilganlarga alohida kayfiyat baxsh etdi.