Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari o‘quvchilari oliy ta’lim muassasalariga kirishda yuqori natijalar qayd etishdi.
Jumladan:
Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 2021-2022-o‘quv yilidagi 20 nafar bitiruvchisidan 13 nafari davlat granti asosida, 7 nafari to‘lov shartnomasi asosida oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilindi.
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 2021-2022-o‘quv yilidagi 21 nafar bitiruvchilari 100 foizlik natijani qayd etgan holda, ularning barchasi OTM talabalariga aylanishdi.
O‘quvchilarimizning barchasiga kelgusi ishlari va faoliyatlarida ulkan zafarlar tilab qolamiz!