IJOD MAKTABLARI O‘QUVCHILARINING IJODIY YUTUQLARI

IJOD MAKTABLARI O‘QUVCHILARINING IJODIY YUTUQLARI

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi 9 ta ijod maktabi o‘quvchilaridan 59 nafarining ijodiy ishlari to‘plami o‘tgan o‘quv yilida alohida nashr etildi hamda xorijiy to‘plamlarda chop etildi.

Jumladan, Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabining iqtidorli o‘quvchilarining she’rlari jamlangan “Ogahiy izdoshlari” nomli to‘plami 2000 nusxada, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilarining ijodiy ishlarini o‘z ichiga olgan “Tong jilvasi” kitobi 1000 nusxada hamda Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilarining she’r va hikoyalari jamlangan “Mitti yulduz” to‘plami chop etilgan.

Shuningdek, o‘quvchilarning ijodiy ishlarini muntazam to‘plam sifatida nashr ettirish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur ijodiy ishlardan “Ijod bog‘idan guldasta-2” nomli to‘plam chop etildi.