Ijod maktablarining iste'dodli yoshlari

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tizimidagi ijod maktablarida bir qator iste'dodli yoshlar ta'lim olmoqdalar. Jumladan, Abdulla Aripov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari Rajabova Gulinur va Samiyeva Baxtigul hamda Is'hoqxon Ibrat maktabi o‘quvchisi Kukiboyev Shokirjon haqida Bekajon gazetasida maqola chop etildi.

Kukiboyev Shokirjon xalqaro IELTS imtihonidan 7,5 ballni qo‘lga kiritib, Toshkentdagi INHA va 10 dan ortiq xorijiy oliygohlarga muddatidan oldin o‘qishga qabul qilingan. Samiyeva Baxtigul bo'lsa IELTS dan 6 ball qo‘lga kiritib, mahalliy fan olimpiadalarida muvafaqqiyatli ishtirok etgan. SHuningdek, u Toshkentdagi Xalqaro Ta'lim Universiteti va SP Jain School of Global Managament Universitetlariga muddatidan oldin talabalikka qabul qilingan.

Rajabova Gulinur IELTS 6,5 ballni qo‘lga kiritib jami 18 ta Universitetga muddatidan avval o‘qishga qabul qilingan, jami 10,000 dollarlik grant sohibi bo‘ldi.