ILK BOR: SPIRITUALITY, SPORT, SCIENCE, SOCIALIZING

#Prezident_maktablari
#Spirituality_Sport_Science_Socializing

ILK BOR: SPIRITUALITY, SPORT, SCIENCE, SOCIALIZING  

⚡️Agentligimiz tizimidagi Prezident maktablarida ilk bor “Spirituality, Sport, Science, Socializing” nomi ostida keng koʻlamli festival oʻtkazilmoqda. 

Oʻquvchi-yoshlar orasida sport va milliy urf-odatlarimizni keng targʻib etish, pedagog-murabbiylarning jamoaviy ishlash koʻnikmalarini oshirish, taʼlim maskanlarining ayni yoʻnalishlarda oʻzaro tajriba almashish  platformasini shakllantirish kabi maqsadlarni oʻz ichiga olgan ushbu keng koʻlamli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir dastavval  Buxoro, Namangan, Jizzax shahridagi Prezident maktablari mezbonligida tashkil etildi. 

Ularda mezbon taʼlim maskanlari bilan birgalikda Andijon, Fargʻona, Samarqand, Sirdaryo, Navoiy shahridagi Prezident maktablari oʻquvchilari va pedagoglaridan iborat jamoalar ishtirok etdi. 

Festival doirasida  sport mashg’ulotlari, science, robototexnika o’qituvchilari va maktab psixologlari tomonidan seminar-treninglar, madaniy-badiiy kechalar o’tkazildi. Taʼlim maskanlari jamoalari oʻrtasida qizgʻin bellashuvlar, milliy liboslar boʻyicha modalar koʻrgazmasi ham boʻlib oʻtdi. Shu kabi turli madaniy-maʼrifiy, sport tadbirlarini oʻz ichiga olgan festival chinakam doʻstlik bayramiga aylanib ketdi.

Joriy yilning 5-mayida “Spirituality, Sport, Science, Socializing” festivali Termiz, Xiva, Nurafshon shahridagi Prezident maktablari mezbonligida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.