“Innopolis Open 2020”

Joriy yilning 1-2-fevral kunlari Rossiya Federatsiyasining Kazan shahridagi Innopolis universiteti tomonidan har yili anʼanaviy tarzda matematika va informatika fanlaridan oʻtkaziladigan  “Innopolis Open 2020” olimpiadasi boʻlib oʻtdi. Unda 22 ta davlatdan 55 nafar oʻquvchi qatnashdi. Faxr bilan aytish lozimki, gʻoliblar orasida Toshkent shahridagi Prezident maktabining 9-sinf oʻquvchisi Muhammadrizo Majidov faxrli 2-oʻrinni egallab, sertifikat bilan taqdirlandi. Gʻolib oʻquvchimiz Rossiya, Estoniya, Belorussiya, Serbiya davlatlari bilan bir qatorda Oʻzbekiston bayrogʻini gʻoliblik peshtoqida balandga koʻtardi. Jonajon Vatanimizning bayrogʻi va shon-shuhrati xalqaro ilm maydonida yuksaklarga koʻtarilaversin, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi hamda Toshkent shahridagi Prezident maktabi jamoasi Muhammadrizo Majidovning oila aʼzolarini va ustozlarini yutuq bilan qutlab, kelajakdagi oʻqishlarida ulkan zafarlar tilaydi!