Xalqaro hamkorlik-yangi yutuqlar

 

 Prezident ta’lim muassasalari agentligi hamda Cambridge Assesment tashkiloti bilan mamlakatimizdagi o‘qituvchilarga xalqaro sertifikat berilishi yuzasidan memorandum imzolandi.

 Unga ko‘ra, xalqaro ekspertlar hamda mahalliy ekspertlar tajribasini integratsiya qilish orqali malakali pedagog kadrlar faoliyatini rivojlantirish maqsad etilgan.

 Mazkur dastur  nafaqat Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi, balki O‘zekistondagi  barcha maktablardagi pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish va ularning xalqaro standartlar asosida faoliyat olib borishi hamda xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritish imkonini beradi.