IQTISODCHI OLIM BILAN QIZGʻIN MULOQOT

#Farmon_ijrosi_amalda 
#Akademik_bilan_muloqot 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi farmoni qabul qilingan edi. (https://t.me/piimauz/15142)

Mazkur farmonda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari ishtirokida dars o‘tish amaliyoti yo‘lga qo‘yilishi alohida belgilab oʻtilgan.

Farmon ijrosi doirasida Amudaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktabida iqtisodchi olim, OʻZFA akademigi Nagʻmet Aimbetov ishtirokida davra suhbati  oʻtkazildi. 

Akademik taʼlim muassasasida tashkil etilgan "Yosh akademiklar" klubi aʼzolari bilan qizgʻin suhbat qurib, oʻquvchilarga Orolbo‘yi mintaqasining dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalari boʻyicha olib borilayotgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar haqida batafsil maʼlumot berdi.

Maʼlumot oʻrnida, akademik N.Aimbetovning xorijiy va mahalliy nashrlarda 100 dan ziyod ilmiy maqolalari chop etilgan. Iqtisodchi olim Qoraqalpog‘iston Respublikasining janubida joylashgan hududlar meliorativ holati va ushbu mintaqadagi aholining ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan  “Bosh Janubiy Kollektor” xalqaro loyihasining “Ijtimoiy-iqtisodiy monitoringi” komponentiga rahbarlik qilgan.