ISTE’DODIM SENSAN – VATAN

 

Joriy yilning 28 – aprel kuni Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida 5 tashabbus doirasida har payshanba kuni o‘tkazilayotgan “ERKIN IJOD” kunining navbatdagi bosqichi o‘tkazildi. Tanlovda 6, 7 – sinf o‘quvchilari faol ishtirok etdi. Iste’dodli o‘quvchilar “Iste’dodim sensan – Vatan!” mavzusida o‘zlarining ijodini talqin qilish bo‘yicha bellashdilar. 1 – shart “Mushoira” sharti bo‘lib, unda o‘quvchilar o‘zlarining she’rlarini badiiy ijro etdilar. 2 – shart esa boshlovchi tomonidan  berilgan adabiyotga doir bo‘lgan savollar sharti bo‘ldi. Tanlov hakamlari xulosasiga ko‘ra, topqirlik bilan savollarga javob berganliklari uchun har ikki sinf kuchlari tenglashtirildi.