Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari o‘rtasida  “O'quvchi almashish dasturi” yo'lga qo'yildi. 

#ijod_maktabi 
#oʻquvchi_almashish_dasturi

⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari o‘rtasida  “O'quvchi almashish dasturi” yo'lga qo'yildi. 

✅ Bundan ko'zlangan maqsad, sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirish, o'quvchilarni sifatli ta’lim olishlariga keng imkoniyatlar yaratish, hududlar va ulardagi tarixiy yodgorliklar, mahalliy an’analar, etnografiya, folklor bilan yaqindan tanishtirish, o‘zaro fikr almashish, ijod maktablarining ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirib, ijodiy faoliyatini yanada rivojlantirishdir.  

⏰ Shu munosabat bilan, ijod maktablaridan umumiy 60 nafar o’quvchi bir-birlari bilan yaqindan tanishish va bilim, tajriba almashish maqsadida jalb qilingan.