Jahon adabiyoti va ijod maktabi

  Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari o‘rtasida "Jahon adabiyoti va biz" nomli ijodiy-ma'rifiy tanlov tashkil etildi.

Mazkur tadbirga ijod maktabining 7, 8 va 9-sinf o‘quvchilari guruh bo‘lib 5 ta shart asosida bellashdilar.

Birinchi shart bo‘yicha guruhlar o‘zlarini jahon adabiyotiga dahldor tarzda jamoa nomi va belgisini she'riy chiqishlar asosida tanishtirib o‘tdi.

Ikkinchi shart bo‘yicha har bir guruh belgilangan tartib asosida yashirin biletlar tortib Chingiz Aytmatov, Paolo Kaole, Jonnatan Svift, Janni Rodari kabi 3 nafar jahon adabiyoti namoyondalarini hayoti va ijodi bo‘yicha ma'lumot berishdi.

Uchinchi shart bo‘yicha ishtirokchilari Sergey Yesening, Pushkin, Gyote kabi jahon adabiyoti namoyondalari she'r va manologlaridan namunalar o‘qidi.

To‘rtinchi shart asosida guruhlar tomonidan Vilyam Shekspir, Lermontov, Lev Tolstoy, Chexov kabi jahon adabiyot namoyondalarining sara asarlari asosida kichik sahna ko‘rinishlar namoyish etildi.

Beshinchi shart bo‘yicha, guruhlar tomonidan jahon durdona musiqalari asosida qo‘shiqlar kuylandi, raqslar ulashildi.

Tadbir davomida g‘olib va faol ishtirok etgan guruhlarga ijod maktabi direktori Shohistaxon Nurmatova tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.