“JAHON MIQYOSIDAGI TA’LIM. XXI ASR MAKTAB TIZIMINI QANDAY BARPO ETMOQ KERAK?” NOMLI NOYOB KITOB O‘ZBEK TILIDA NASHR ETILDI
Prezident ta'lim muassasalari agentligi va Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan ta'lim tadqiqotchisi Andreas Shlyayxerning “JAHON MIQYOSIDAGI TA’LIM. XXI ASR MAKTAB TIZIMINI QANDAY BARPO ETMOQ KERAK?” nomli kitobi 5000 nusxada chop etildi.
Ushbu kitob:
Bu kitob “Investitsiyalarni oshirgandagina ta'limda yutuqlarga erishish mumkin?”, “Sinfda o‘quvchilar sonini kamligi har doim yaxshi natijalarga olib keladi”, “Ta'limdagi yutuq tug‘ma iqtidorga bog‘liq”, “Kambag‘allar maktabda har doim yomon o‘qiydi...” kabi steriotiplarni rad etishi va aksini isbotlashi bilan ham ahamiyatli.
Andreas Shlyayxerning ushbu asari ta'lim tizimiga daxldor barcha uchun ta'limning maqsad va mohiyatini chuqur anglash, o‘z ta'lim tizimini isloh qilayotgan mamlakatlar tajribasidan foydalanish, tahlil qilish imkonini beradi. Agentlik rahbari Hilola Umarova mazkur kitobning ahamiyati haqida:
- Bugungi kunda ta'lim davlat siyosatining muhim va asosiy bo‘g‘ini hisoblangani bois, ta'lim tizimini transformasiya qilish, shuningdek, O‘zbekistonni tom ma'noda raqobatbardosh davlatga aylantirish maqsadida ko‘plab islohotlar olib borilmoqda.
Ta’lim tadqiqotchisi Andreas Shlyayxerning “Jahon miqyosidagi ta’lim. XXI asr maktab tizimini qanday barpo etmoq kerak?” nomli noyob asari biz uchun juda muhim ahamiyatga va alohida qimmatga ega. Zero, unda keltirilgan ta'limdagi muammolar bizning tizimda ham mavjud.
Asar mamlakatimiz ta'lim tizimini takomillashtirish uchun nafaqat davlat miqyosida, balki maktab darajasida samarali qarorlarni qabul qilish hamda ta'lim jarayonini XXI asr talablari asosida tashkil etishda beminnat ko‘makchi bo‘lishiga ishonamiz.
Ushbu kitob yurtimizdagi ta’lim tashkilotlariga bepul tarqatiladi.