#seminar_trening
Nukus shahridagi Prezident maktabi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi bilan hamkorlikda ta’lim sifatini oshirish, yangi metodikalar boʻyicha tajriba almashish, pedagoglar bilimini yanada rivojlantirish maqsadida seminar-trening tashkil etildi.
Seminar-treningda Nukus shahridagi Prezident maktabining xorijiy o‘qituvchilari zamonaviy metodika, xalqaro ta’lim dasturlari asosida toʻplagan bilim va tajribalarini interfaol usullarda mahalliy pedagoglar bilan boʻlishdi.