#Farmon_ijrosi_amalda
#Akademik_bilan_muloqot
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi farmoni qabul qilingan edi. (https://t.me/piimauz/15142)
Mazkur farmonda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari ishtirokida dars o‘tish amaliyoti yo‘lga qo‘yilishi alohida belgilab oʻtilgan.
Farmon ijrosi doirasida Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktabida OʻzFA Matematika instituti direktori, akademik, senator, Oʻzbekiston qahramoni Shavkat Ayupov ishtirokida “Matematika sohasidagi ming yillik masalalar” mavzusida onlayn davra suhbati oʻtkazildi.
Muloqotda akademik matematika sohasining fanlararo bogʻliqligi, yangi sohalari, matematika fanini oʻrganishdagi hali isbotini topmagan masalalar va ular ustida olimlar tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlar haqida keng maʼlumot berdi.
Maʼlumot oʻrnida, akademik Sh.Ayupov funksional tahlil va uning zamonaviy tarmoqlaridan biri hisoblangan operatorlar algebralari nazariyasiga oid ilmiy tadqiqotlar olib borgan. Olim "Yordan algebralari" sohasida ham nazariy, ham tatbiqiy yoʻnalishda yirik ilmiy ishlarni amalga oshirgan.