Media-treningga start berildi

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tizimidagi maktablari OAV va jamoatchilik bilan ishlash xodimlarining malakasini oshirish maqsadida  3 kunlik o‘quv-treningi tashkil etildi. 

Treningning birinchi kunida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti Audiovizual jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya kafedrasining dotsenti, “Oltin qalam” sohibasi Nargis Qosimova qatnashchilarga tashkilot imidjini shakllantirishda PRning ahamiyatini tushunitirib berdi.

Shuningdek, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi vakili Nurali Oripov ham treningda ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda  davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish tog‘risida”gi  qarorida axborot xizmati uchun belgilangan vazifalar xususida gapirib o‘tdi. 

Online trening qizg'in, savol-javoblarga boy, interaktiv usulda o'tmoqda.