Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatida ochiq eshiklar kuni

Agentlik tizimidagi Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatida ochiq eshiklar kuni va press-tur tashkil etildi. 
Unda ota-onalar  va ularning farzandlari ham ishtirok etishdi.  Maktab haqidagi taqdimot namoyishi bilan boshlangan ochiq eshiklar kuni ota-onalar uchun tayyorlangan psixologik treninga ulanib ketdi.

Maktab faoliyatini keng targ'ib qilish, qabul  jarayoni va maktabdagi shart-sharoitlar haqida  yig'ilganlarga keng ma'lumot berishga qaratilgan ushbu ochiq eshiklar kuni ota-onalar uchun foydali ma'lumotlarga boy bo'lishi bilan birga o'quvchilar uchun interaktiv o'yinlarlardan ham iborat bo'ldi.