Matematika va informatika fanlaridan nufuzli Xalqaro olimpiadalarda O'zbekiston sharafini himoya qiladigan terma jamoa a'zolari saralab olindi
Joriy yilning 25 aprelidan 3 mayga qadar Toshkentda matematika, kimyo hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan nufuzli Xalqaro fan olimpiadalariga saralashning 2-bosqichida yuqori natijalarni qayd etgan jami 55 nafar o'quvchi bilan o'quv tayyorgalik
mashg'ulotlari olib borildi.
О'quvchilar orasidan nufuzli fan olimpiadalarida ishtirok etuvchi terma jamoa a'zolari saralab olindi.
19-25 iyun kunlari Singapurda bo'lib o'tadigan 33-Xalqaro Informatika olimpiadasi (IOI) da ishtirok etuvchi terma jamoa a'zolari orasida Agentlik tizimidagi maktabdan 2 nafar o'quvchi bor:
Azimjon Urinov — Namangan viloyati, Prezident maktabi 11-sinf;
Asliddin Ismoilov — Namangan viloyati, Prezident maktabi 9-sinf.