Namangan shahridagi Prezident maktabida UNESCO bilan hamkorlikdagi navbatdagi trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan UNESCO tashkiloti bilan hamkorlikda Agentlik huzuridagi maktablar o'qituvchilari malakasini oshirish maqsadida tashkil etilayotgan trening-mashg'ulotlari davom etmoqda. Mazkur treninglarning navbatdagi manzili Namangan  shahridagi Prezident maktabi bo'ldi.

Treningda Namangan shahridagi Prezident maktabi va Is'hoqhon Ibrat nomidagi ijod maktabi o'qituvchilari ishtirok etishdi. Trening mashg'ulotlari davomida ishtirokchilarni ta'limdagi zamonaviy yondashuvlar va innovatsion metodikalar bilan yaqindan tanishtirish ko'zda tutilgan.

Mashg'ulotlar xalqaro toifadagi o'qituvchi-trener Tomas Topham va mahalliy trener-o'qituvchilar boshchiligida o'tkazildi.

Bu kabi loyihalar pedagog-kadrlarning mahoratini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Eslatib o'tamiz, mazkur treninglarning muntazam ravishda tashkil etilishi ko'zda tutilgan.

Trening-mashg'ulotlarining navbatdagi manzili - Toshkent shahri.