Nukus Prezident maktabining o`qituvchisi Venera Bekmuratova “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bir guruh ayollarni mukofotladi. Taqdirlanganlar qatoridan Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tasarrufidagi Nukus Prezident maktabi ingliz tili fani o`qituvchisi Venera Bekmuratova ham o`rin oldi.

 Venera Bekmuratova yuqori malakali pedagog, jonkuyar va samimiy inson bo`lish bilan birga qator xalqaro tanlovlar g`olibi. 

“Yilning eng yaxshi fan o`qituvchisi-2014” ko`rik tanlovining respublika bosqichida II o`rinni egallagan, 2017-yil “Qoraqalpog'iston xalq ta’limi a’lochisi” ko`krak nishoni bilan ham taqdirlangan.