Nukus shahri Prezident maktabida "Ted talk Nukus" loyihasi ishga tushdi


  Nukus shahri Prezident maktabida 2021-yil 25-fevral kuni "Ted talk" loyihasi ishga tushirildi. Bu loyiha ingliz tili fani o'qituvchisi Bekmuratova Venera va chet ellik o'qituvchilar tarafidan tashkillashtirilgan. Ted talk Nukus PM loyihasi maktab o'quvchilari bilan tajribali insonlar bir mavzu atrofida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashishadi. Bu, albatta, fikr almashish  platformasi va yangi g'oyalarning tug'ilishiga xizmat qiladi. "Ted talk"ning bugungi sonida maktabimizning 9-sinf o'quvchilari "Honesty and Integrity" mavzusida so'zga chiqib, o'z fikrlarini  dalillar bilan tasdiqlab o'tdilar. Bundan so'ng kecha mehmoni ingliz tili fani o'qituvchisi Mrs. Zora Keffer so'zga chiqdi. Bu loyiha o'quvchilarning teran fikrini,  muomala va nutq madaniyatini rivojlantirib, yoshlarimizning shijoatkorligini oshirishda o'z hissasini qo'shadi degan umiddamiz