Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarida joriy o‘quv yilining mart oyida lavozimga tayinlangan maktab maslahatchilari uchun o‘quv seminar tashkil etildi.
Seminar ixtisoslashtirilgan maktablardagi shu soha bo‘yicha katta tajriba va bilimga ega maktab maslahatchilari tomonidan "Building Effective Counseling Curriculum and Planning" mavzusida tashkillashtirildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga ta’lim jarayonida Prezident qaror va farmonlari ijrosi, maktab maslahatchilarining ota-onalar, o‘quvchilar va jamiyat bilan o‘zaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.