OʻQUVCHILAR AKADEMIKLAR BILAN UCHRASHDI

#Farmon_ijrosi_amalda 
#Akademik_bilan_muloqot

OʻQUVCHILAR AKADEMIKLAR BILAN UCHRASHDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmogʻini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi farmoni qabul qilingan edi. 

Mazkur farmonda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademiklari ishtirokida dars o‘tish amaliyoti yoʻlga qoʻyilishi alohida belgilab oʻtilgan.

Farmon ijrosi doirasida Andijon shahridagi Prezident maktabida OʻzFA akademiklari Saʼdulla Bahromov, Sirojiddin Zaynobiddinov, Oʻtkir Roziqov hamda professor Sirojiddin Mirzayev bilan uchrashuv tashkil etildi.