OʻQUVCHILAR OʻRTASIDA "ROBO-CODING" OLIMPIADASI OʻTKAZILDI

#Robo_coding

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning oʻquvchilari oʻrtasida "Robo-Coding" olimpiadasining hududiy bosqichi boʻlib oʻtdi.

📝Hududiy bosqichda har bir maktabdan quyi 5–8-sinflar hamda yuqori 9–11-sinflardan 2 ta jamoa shakllantirilib, mazkur olimpiadada ishtirok etdi.

⚙️ Olimpiada nizomiga muvofiq oʻquvchilar 3 ta: “Yashil shahar yaratish”, “Yuk koʻtarish konstruksiyasini yaratish” va “Dasturlash” yoʻnalishlarida bellashishdi.

📆 Maʼlumot uchun, har bir hududdan yuqori va quyi sinflarda 1 tadan gʻolib jamoa ishtirok etadigan mazkur olimpiadaning Agentlik bosqichi joriy yilning mart oyida Toshkent shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.