OʻQUVCHILAR SANOAT TARMOQLARINI AMALIY OʻRGANMOQDA

#Farmon_ijrosi

OʻQUVCHILAR SANOAT TARMOQLARINI AMALIY OʻRGANMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli 
farmoni (https://lex.uz/uz/docs/-5960622) ijrosi doirasida Agentligimiz tizimidagi maktablarda o‘quvchilarning yaqin hududlarda joylashgan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish ishlari tizimli tashkil etilmoqda. 

Xususan, ayni yoʻnalishda Qo‘ng‘irot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati va  “Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QK oʻrtasida memorandum imzolangan edi.

Shu munosabat bilan maktab o‘quvchilarini kimyo sohasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, kasbga yoʻnaltirish maqsadida “Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QKda amaliy mashgʻulot tashkil etildi.

Unda 10-11-sinf o‘quvchilari maktab-internati maslahatchisi Dilfuza Sultanmuratova  boshchiligida ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Korxona mutaxassislari bilan boʻlgan muloqotda oʻquvchilar ishlab chiqarish jarayoni va korxona faoliyati to‘g‘risida batafsil maʼlumot oldi. 

Ishlab chiqarish, sanoat, xizmat koʻrsatish korxonalari bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan shu kabi tadbirlar  oʻquvchilarimizning nazariy bilimlarini amaliy mustahkamlashga xizmat qiladi.