Bilim va malakalarni baholash agentligining barcha sertifikatlariga ega boʻlib, muddatidan oldin talaba boʻlayotgan oʻquvchilarimiz safi koʻpaymoqda.
Gʻijduvon hamda Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktablarining 11-sinf oʻquvchilari Maqsuda Uzoqova hamda Adolat Sobirova oʻzlari tanlagan OTM yoʻnalishi boʻyicha Bilim va malakalarni baholash agentligi sertifikatlarini 189 ball bilan qoʻlga kiritdi.
Oʻquvchilarimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!