O’QUVCHILARIMIZ YAPONIYANING “SAKURA SCIENCE HIGH SCHOOL PROGRAM” DASTURIDA ISHTIROK ETISHMOQDA

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi:

– Navoiy shahridagi Prezident maktabi, 
– Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi hamda
– Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabidan 1 nafardan jami 3 nafar o’quvchi ayni damda Yaponiya davlatida bo‘lib turishibdi.

O‘quvchilarimiz Sakura Science High School Program" ( SSHP) da qatnashishmoqda.

Mazkur dasturdan ko‘zlangan maqsad yuqori sinf o‘quvchisi bo‘lgan xorijiy mamlakatlar fuqarolarini Yaponiyaning fan va texnologik yutuqlari, kunchiqar mamlakat madaniyati va jamiyati bilan yaqindan tanishtirishdir.

Mazkur dastur Yaponiya fan va texnologiyalar agentligi tomonidan o‘tkazilmoqda; unda o’zbekistonlik o‘quvchilar ishtiroki O‘zbekistonning Tokiodagi elchixonasi ko‘magida tashkil etildi.

Dastur 3-dekabrga qadar davom etadi.