OʻQUVCHIMIZ SAT IMTIHONIDA YUQORI NATIJA KOʻRSATDI

#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#SAT_result

Oʻquvchimiz SAT imtihonida yuqori natija koʻrsatdi

 Qarshi shahridagi Prezident maktabining 10-sinf oʻquvchisi Shohruhmirzo Xudoyqulov 1540 ballik natija bilan SAT sertifikatiga ega boʻldi.

Ma’lumot uchun, SAT sertifikati xalqaro miqyosda tan olingan bo‘lib, dunyoning nufuzli universitetlariga o‘qishga kirish va grantlar yutib olishning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi.

SAT (Scholastic Aptitude Test) akademik baholash testi bo‘lib, 1926-yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. Baholash mezoni 400-1600 ball shkalasida bo‘ladi.

Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!