OʻQUVCHIMIZ "WOMEN IN TECH"NING ILK OʻZBEKISTONLIK GʻOLIBI

#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

 

 Navoiy shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Aziza Neʼmatova "Women In Tech" global dasturining Kavkaz va Oʻrta Osiyo mintaqasi boʻyicha "Intiluvchan yosh" mukofotini qoʻlga kiritgan ilk oʻzbekistonlik boʻldi. 

Aziza axborot texnologiyalari sohasida katta natijalarga erishmoqda. U “Kiberxavfsizlik klubi” ish oʻrganuvchisi hamda "Girls in Research" loyihasida kvant hisoblashlarga asoslangan zamonaviy kompyuterlar boʻyicha ilmiy ish muallifi hamdir.

Oʻquvchimiz "TechGirls 2024" loyihasi doirasida kosmo-ekologik robot ustida ish olib borgan. Shuningdek, uning tashabbusi bilan taʼlim maskanida "Navoi Tech Teens" dasturlash va kiberxavfsizlik IT oromgohi tashkil etilgan. 

Maʼlumot oʻrnida, "Women in Tech" 2017-yilda tashkil etilgan global dastur boʻlib, uning maqsadi xotin-qizlarni texnologiyalardagi ishtirokini kengaytirishdir. 

Dastur dunyo boʻylab 56 dan ziyod mamlakatlarda 250 mingdan ortiq ishtirokchilarni birlashtirgan. "Women in Tech"ning bosh ofisi Fransiyada joylashgan.

Oʻquvchimiz joriy yilning 14-noyabrida Parijda boʻlib oʻtadigan "Women In Tech" global dasturining xalqaro taqdirlash marosimda ishtirok etadi.