Oʻquvchimiz xorijiy oliygohning toʻliq grantiga sazovor boʻldi

#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor 
#100_foizlik_grant

Oʻquvchimiz xorijiy oliygohning toʻliq grantiga sazovor boʻldi
 
Agentligimiz  tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi Zulayho Rahimjonova Janubiy Koreyaning INHA universiteti toʻliq grantini qoʻlga kiritdi.

Oʻquvchimiz AQShning aerokosmik muhandislik universitetlari orasida yuqori oʻrinlarda turuvchi Colorado Boulder universitetidan ham qabul xati olgan. 

Zulayho hozirda USAIDning "Climate Smart Business Incubator"dasturida muvaffaqiyatli qatnashib kelmoqda.

Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad tilaymiz!