O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy davlatdagi ta’lim muassasasida o‘qiyotgan farzandlari Prezident maktablarining tegishli sinfiga o‘quvchilarning ota-onasi (qonuniy vakili)ning doimiy yashash joyi bo‘yicha hujjat topshirishi mumkin.

#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

❓ Biz oilaviy xorijda yashaymiz. Farzandim ayni paytda 4- sinfni tamomladi. U Prezident maktabiga hujjat topshira oladimi? 

✅O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy davlatdagi ta’lim muassasasida o‘qiyotgan farzandlari Prezident maktablarining tegishli sinfiga o‘quvchilarning ota-onasi (qonuniy vakili)ning doimiy yashash joyi bo‘yicha hujjat topshirishi mumkin.

Bunda o‘quvchilar ta’lim olayotgan ta’lim muassasasi tomonidan berilgan baholar tabeli (yoki shunga tenglashtirilgan rasmiy hujjat)ning davlat tiliga tarjima qilingan va tegishli tartibda notarial idora tomonidan tasdiqlangan shaklini taqdim etadi.

📌 Hujjatlar qabuli ariza.piima.uz  sayti orqali faqat ONLAYN tarzda amalga oshiriladi.

▶️ Sizga qulaylik yaratish maqsadida, maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qo‘llanma (https://youtu.be/wrlk2TJ9Dm4) taqdim etilmoqda. 

☎️ Call-markaz: 1206