Ochiq muloqot davomida yo‘llangan savollarga Prezident ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori Hilola Umarova hamda direktor o‘rinbosari Amirulla Abdullayevlar javob berishdi.
Prezident maktablarida o'qish pullikmi?
-O'qish, oziq-ovqat, yotoqxona hamda o'quvchilarning boshqa xarajatlari mutlaqo bepul.
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar haqidagi ma’lumotlarni qaysi manbalardan olish mumkin?
Agentlik sayti: www.piima.uz/ va portal.piima.uz
Telegram: https://t.me/piima.uz;
Facebook:https://www.facebook.com/piima.uz; https://www.facebook.com/prezident.maktablar
Тweeter: -https://twitter.com/piimauz
Instagram: https://www.instagram.com/piima.uz/?hl=ru
YouTube: https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw
Bo‘sh ish o‘rinlari: job.piima.uz
Telegram bot (t.me/Qabul2021_bot)
Call-markaz: 1206; +99871-207-72-22
5-sinfni tugatgan o'quvchi Prezident maktabiga 5-sinfga qabul qilinish uchun hujjat topshirsa bo'ladimi?
-O'quvchi o'zi tugatgan sinfda qayta o'qishi mumkin emas.
Prezident maktabiga qabul qilinish uchun imtiyozlar mavjudmi?
-Prezident maktablariga qabul qilinish bo'yicha hech qanday imtiyoz mavjud emas.
Imtihonni rus tilida topshirsa ham bo'ladimi? Ta'lim qaysi tillarda olib boriladi?
-Imtihonni faqat o'zbek, ingliz, qoraqalpoq tillarida topshirish mumkin. Ta'lim ingliz va o'zbek tillarida olib boriladi.
O'quvchi istalgan hududdagi Prezident maktabiga hujjat topshirishi mumkinmi?
-Nomzod faqat o'zi ta’lim oladigan maktab bilan bir xil hududiy mansublikka ega Prezident maktabiga hujjat topshira oladi.
Prezident maktablariga o'qituvchi sifatida ishga kirish istagida bo'lganlar qayerga murojaat qilishlari kerak?
- job.piima.uz sayti orqali ariza topshirishingiz mumkin.