O'zbekistonning Qirg‘iziston hududidagi anklav - So‘x tumanidan Prezident maktabida o‘qish uchun 323 nafar talabgor ariza topshirgan. Shundan faqatgina 19 nafarida xorijga chiqish pasporti mavjud.
Shu boisdan, qolgan talabgorlarga ham qulaylik yaratish maqsadida so‘xlik talabgorlar uchun 22-iyul kuni soat 19:00 da Prezident maktablari saralash imtihonlari tashkil etildi. Imtihonlar 5-10-sinflar kesimida bo‘lib o'tdi.