Piter Vesterbak bizning maktabda!

Bugun 26-fevral kuni, Muhammad al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabiga barchaga mashxur Angry Birds o'yini asoschisi Piter Vesterbak tashrif buyurdi! Janob Vesterbak makatibimizda yaratilgan barcha sharoitlar, to'garaklar bilan to'liq tanishib, o'quvchilarimiz bilan qiziqarli suhbatga ega bo'ldi. O'quvchilarimiz esa o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va xalqaro mutaxassisdan kerakli motivatsiyaga ega bo'ldilar!