Prezident maktabi o‘quvchilari ekskursiyada

Namangan shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchilari bilan Namangan shahridagi Ichki ishlar vazirligiga qarashli 7254-sonli harbiy qismda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular qalbida Vatan taqdiriga daxldorlik, shijoat va fidoyilik tuyg‘ularini shakllantirish hamda harbiy xizmatchilarga yaratilayotgan imkoniyatlat bilan yosh avlodni tanishtirish maqsadida ekskursiya tashkil etildi.

Yoshlar harbiylar hamrohligida oshxona, yotoqxona, tibbiyot xonasi, kutubxona, o'quv hamda ma'naviyat xonalaridagi qulayliklar bilan yaqindan tanishdilar.

Namoyish etilgan harbiy  texnika va qurol-yarog'lar  shijoatli yosh yigit-qizlarda harbiy xizmatni o'tashga nisbatan ishtiyoq hissini yanada kuchaytirdi.