Prezident maktabi o’quvchisi jahonda TOP-20ga kirgan xalqaro universitetga 100 foizlik grant asosida oʻqishga kirdi

#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#100_foizlik_grant

⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabi o’quvchisi Diyorbek Jo’raboyev jahonda TOP-20ga kirgan, AQShda 9-o’rinda turuvchi Northwestern universitetining Dohadagi kampusiga 100 foizlik grant asosida o’qishga qabul qilindi.

Diyorbek, shuningdek, IELTS imtihonidan 8 ballni qoʻlga kiritgan boʻlib, "Zamonaviy ta'lim bolalar nigohida — Z avlod" forumi spikeri, “Maktab PR klubi” sardori, “Hammabop oʻzbek tili" ijtimoiy loyihasi ishtirokchisi va maktab voleybol klubi sardori hamdir.

Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!