PREZIDENT MAKTABI OʻQUVCHISI XORIJIY UNIVERSITETLARNING 100 FOIZLIK GRANTLARINI QOʻLGA KIRITDI

 

Jizzax shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Gulshan Tursunboyeva AQShning 6 ta nufuzli oliygohlari taʼlim  grantlarini yutdi. 

Ulardan 2 tasi toʻliq grant hisoblanib, endilikda oʻquvchimiz Xavier University (grant miqdori  248 000 AQSh dollari) hamda Tulane University (grant miqdori 288 000 AQSh dollari)da toʻliq moliyalashtiriladigan grantlar asosida bepul taʼlim olish imkoniyatiga ega.

Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!