Prezident maktabida o‘qish uchun pul to‘lanadimi, o‘quvchilar uchun qanday sharoitlar yaratilgan?

#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

❓Prezident maktabida o‘qish uchun pul to‘lanadimi, o‘quvchilar uchun qanday sharoitlar yaratilgan?

📌Prezident maktabining kirish imtihonlaridan o‘tgan o‘quvchilar to‘liq bepul ta’lim olishadi.

✅O‘quvchilar uchun prezident maktablarida quyidagi sharoitlar yaratilgan:

➖ zamonaviy yotoqxona bilan ta’minlanadi;
➖ bir kunda 5 mahal bepul ovqatlanishadi;
➖ darsdan so‘ng to‘garak mashg‘ulotlariga jalb qilinadi;
➖ turli xil sport turlari (futbol,basketbol, suzish, tennis) bilan shug‘ullanishadi;
➖ bepul kiyim-kechaklar bilan ta’minlanadi;
➖ STEAM (matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika) fanlari chet ellik pedagoglar tomonidan ingliz tilida o‘qitiladi;
➖ darslik va kerakli maktab qurollari bilan bepul ta’minlanadi;
➖ 11-sinf bitiruvchilari tanlangan fanlar asosida xalqaro malaka imtihonlarida ishtirok etib, ulardan muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda, yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalariga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

☎️ Call-markaz: 1206