Prezident maktablari bitiruvchilari qo‘lga kiritgan yutuqlar

PREZIDENT MAKTABLARI

Prezident maktabida Kembrij tajribasini qo‘llagan holda STEM fanlari amaliyot bilan chambarchas bog‘lab o‘qitiladi. Yuqori malakali xorijiy mutaxassislar bilan birga mahalliy o‘qituvchilar o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltiradilar, ularda yetakchilik va notiqlik san'ati, shuningdek, tanqidiy fikrlash, axborotni izlash, tahlil qilish va qayta ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishiga ko‘mak beradilar. Tabiiy va aniq fanlarni chuqur o‘rganish, xorijiy tillar, muhandislik va axborot texnologiyalarini o‘zlashtirishni tashkil qilib, o‘quvchilarning innovatsion g‘oyalari o‘sishi va ishlanmalarini takomillashtirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi. Bugungi kunda Respublika hududi bo‘ylab 14 ta Prezident maktabi faoliyat yuritmoqda. Prezident maktablarida 2097 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda.

 

Prezident maktabi bitiruvchilarining xorijiy hamda mahalliy oliy ta’lim muassasalariga kirish jarayonini samarali tashkil etish bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:

-        O‘quvchilar uchun ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha individual maslahatlar berish, ularga dunyoning eng rivojlangan mamlakatlaridagi nufuzli oliy o‘quv yurtlari haqida ma'lumotlar berish hamda mazkur oliygohlarga hujjat topshirish va ro‘yhatdan o‘tish bo‘yicha kerakli tavsiyalar berish bugungi kun zamonaviy ta'limining eng muhim jihatlaridan biri ekanligini inobatga olgan holda agentlik tasarrufidagi barcha Prezident maktablarida School consellor faoliyati yo‘lga qo‘yildi;

-        Mahalliy va xorijiy mutaxassislar hamkorligida  IELTS va SAT tayyorlov kurslari tashkil etildi:

Bitiruvchilarning IELTS natijalari:

 2020-2021 o‘quv yili bitiruvchilarining IELTS dan ko‘rsatgan o‘rtacha ko‘rsatkichi 7 balni tashkil etgan bo‘lsa, 2021-2022 o‘quv yili bitiruvchilarining hozirgi kundagi o‘rtacha ko‘rsatkichi 7,5 balni tashkil etmoqda.

 

 

Bitiruvchilarning SAT natijalari:

            2021-2022 o‘quv yili bitiruvchilarining hozirgi kundagi SAT dan o‘rtacha ko‘rsatkichi 1400 balni tashkil etmoqda.


2021 yilda barcha Prezident maktablari Cambridge Akkreditasiyasidan muvaffaqiyatli o‘tib sertifikatlarga ega bo‘lishdi.

Olimpiadalar:

Shuningdek, 4 ta Prezident maktabi ya'ni Xiva, Nukus, Namangan va Toshkent shaharlaridagi Prezident maktablari CIS – Xalqaro maktablar kengashi a'zoligiga qabul qilinib, akkreditasiyadan muvaffaqiyatli o‘tishdi. Shuningdek, oktabr oyida CIS tashkiloti mutaxassislarining Prezident maktablariga tashrifi kutilmoqda.

Yil davomida 14 ta Prezident maktablariga muntazam ravishda ishchi guruh tashrif buyurib, maktab faoliyatini yaxshilash bo‘yicha doimiy amaliy metodik yordam ko‘rsatib turildi.

Xorijiy va mahalliy o‘qituvchilar orasidan yetakchi o‘qituvchilar tayinlanib nazorat materiallari tayyorlanishi va darslarni sifatli tashkil etilishi bo‘yicha ishlar tashkil qilindi.

4 ta Prezident maktablari bitiruvchilari uchun bitiruv tadbiri hamda maxsus dastur asosida uchrashuv va tashriflar amalga oshirildi.  Prezident maktablari bitiruvchilar tomonidan Qasamyod qabul qilindi.

Xorijiy o‘qituvchilar orasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish maqsadida videodarslar tanlovi o‘tkazildi va sertifikatlar bilan taqdirlandi.

2022-2023-o‘quv yilidan boshlab Prezident maktablarida Cambridge dasturi asosida yangi 2 ta Biznes hamda Iqtisod fanlari joriy etilmoqda. Endilikda bu orqali Prezident maktablari bitiruvchilari 3 ta emas 5 ta fandan xalqaro darajadagi sertifikatlarga ega bo‘lishadi.