PREZIDENT MAKTABLARI O‘QUVCHILARI “ISI JUNIOR-2022” OLIMPIADASI G‘OLIBI

PREZIDENT MAKTABLARI O‘QUVCHILARI “ISI JUNIOR-2022” OLIMPIADASI G‘OLIBI

Joriy yilning 1-7-iyul kunlari Tojikistonning Dushanbe shahrida informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha “ISI Junior-2022” olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur olimpiadada O‘zbekiston terma jamoasi jami 4 ta medalni qo‘lga kiritdi.  Ular orasida Prezident maktablari o‘quvchilari ham bor:

Andijon shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi Dilyor Valijonov - oltin medal,

Namangan shahridagi Prezident maktabining 9-sinf o‘quvchisi Husanboy Mansuraliyev kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, “Profi school” maktabining 10-sinf o‘quvchisi Otabek Jo'rabekov oltin medal va

Xalqaro Westminster universiteti akademik litseyi 2-bosqich o‘quvchisi Kim Svyatoslav bronza medali sohibi bo‘lishdi.

Olimpiada gibrid shaklda tashkil etilib, unda O'zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Belarus, Turkmaniston, Rossiya, Ozarbayjon, Hindiston, Xitoy va Kuba kabi davlatlardan 20 ta jamoa ishtirok etdi.