Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktab o‘quvchilari o‘rtasida  Al Xorazmiy nomidagi olimpiada o‘tkazildi

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktab o‘quvchilari o‘rtasida  Al Xorazmiy nomidagi olimpiada o‘tkazildi. 

Ushbu olimpiada ixtisoslashtirilgan hamda Prezident maktabining 7-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. 

Eslatib o‘tamiz, olimpiadaning viloyat bosqichida ixtisoslashtirilgan maktablarda 6 nafardan, tayanch ixtisoslashtirilgan va Prezident maktablaridan 3 nafardan o‘quvchi ishtirok etdi. 

Bu olimpiada ikkinchi yil o‘tkazilayotgan bo‘lib, yangi tashkil etilgan 168 ta maktabning o‘quvchilari ilk bora ishtirok etishmoqda.  

Ushbu olimpiadadan ko‘zlangan maqsad  Respublika iqtidorli yoshlarini saralab, xalqaro olimpiadalarga tayyorlashdir.
Olimpiada yakuniga ko‘ra:

– Buxoro viloyati 
– Namangan viloyati 
– Toshkent viloyati 
– Xorazm viloyati 
– Andijon viloyati eng yuqori natijalarni ko‘rsatgan.