Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar bitiruvchi o'quvchilari nufuzli xorijiy universitetlardan qabul xatlarini olishda davom etishmoqda

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar bitiruvchi o‘quvchilari nufuzli xorijiy universitetlardan qabul xatlarini olishda davom etishmoqda.

Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Umrbek Janibekov  New York universitetining Shanghai kampusidan 220 000 dollarmiqdoridagi grantga ega bo'ldi.

 Jumladan,  Namangan shahridagi Prezident maktabining o‘quvchisi Go'zalxon Haydarova  Amerika universitetlari orasida 1-o'rinda turuvchi Princeton universitetiga 100 foizlik grant asosida talabalikka qabul qilindi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari:
– Javohir Salomov Nyu York Universitetining Xitoyda joylashgan Shanghai filialida tahsil olish uchun 219 600 dollar grantni,

– Shohruh Muhiddinov Nyu York universitetining Xitoyda joylashgan Shanghai filialida tahsil olish uchun 100% grantni 240 000 dollar, hamda Arizona universitetiga 74000 dollar grantni qo'lga kiritdi.