Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichiga start berildi

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichiga start berildi.

Mazkur bosqichda 1-bosqich natijasiga ko‘ra, qabul kvotasida belgilangan har bir maktab kesimida 480 nafar talabgorlar qatnashadi.

Ikkinchi bosqich imtihonlarda axborotni tahlil qilish va solishtirish qobiliyatini aniqlash bo‘yicha:

mantiq elementlari bo‘lgan matematika fanidan – 40 ta masala, 
ingliz tilidan – 40 ta test ishlanishi talab etiladi.

Ota-onalar test2022.uz platformasi orqali Imtihon jarayonlarini onlayn kuzatib borishlari mumkin. 
_
Fotosuratlarda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan Nurafshon shahridagi Prezident maktablari uchun Imtihon jarayonlari aks etgan.