Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova Nottingham Trent universiteti mutasaddilari bilan uchrashdi

Nottingham Trent universiteti аkademik maqsadlarga yo‘naltirilgan ingliz tili dasturi rahbari, professor Martin Seviour va universitet qoshidagi Nottingham til va madaniyatlararo aloqalar instituti (NILIC) direktori Frank Austermuehl  istiqboldagi rejalar haqida so‘z  yuritishdi.

Shuningdek, universitet bilan hamkorlikda Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan va ijod maktablarining ingliz tili o‘qituvchilari uchun tashkil etilgan trening natijalari muhokama qilindi. 

Mazkur treninglar mart oyida oflayn va aprel-may oylarida onlayn shaklda o‘tkazilgan edi.

Mehmonlarga Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab va “Yangi O‘zbekiston” universiteti bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi.

Ma’lumot o‘rnida, o‘zaro hamkorlik aloqalari Agentlik tomonidan 2021-yilning noyabr oyida tashkil etilgan xalqaro ta’lim forumi doirasida o‘rnatilgan.