Agentlik mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan dastur taqdimotida Oliy ta‘lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, Ta‘lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Xalq ta‘limi vazirligi huzuridagi Respublika ta‘lim markazi mas‘ul xodimlari, shuningdek, amaliyotchi o‘qituvchilar ishtirok etishdi.
Fizika fani chuqurlashtirib o‘tiladigan maktablar uchun mo‘ljallangan ushbu dasturni ishlab chiqishda xalqaro tajriba, xususan, IGCSE va A-level (Kembrij), International Baccalaureate, NIS-Programme dasturlari, Avstraliya, Rossiya, Belarus singari davlatlar ta‘lim standartlari va PISA, SAT xalqaro imtihonlar mazmuni tahlil qilindi.
Ma‘lumot o‘rnida, dasturda, shuningdek, hozirgi zamon fanining rivojlanish tendensiyalarini hisobga olgan holda yangi, shu paytgacha o‘quv dasturlari va darsliklarida aks etmagan mavzular ham kiritilgan.