Hurmatli ota-onalar!
Prezident va ijod maktablariga hujjat topshirishda fotosuratga e’tiborli bo‘lishingizni so’raymiz.
Portal.piima.uz saytiga fotosuratni telefonda olingan shaklini yuklash mumkin emas.
Fotosuratchidan rasmning qog’oz variantidan tashqari elektron variantini ham olishni unutmang! Portal.piima.uz saytiga rasmning faqatgina elektron variantini yuklash mumkin. Qog’oz variant esa ma’lumotnoma (anketa)ga yopishtiriladi.
Eslatib o’tamiz, operatorlar tomonidan ota - onalarga tahrirlashga jo'natilgan arizadagi kamchiliklarni to'g'irlab, 48 soat ichida qayta jo'natish talab etiladi.