Qabul bo‘yicha sayyor trening Gulistonda

 

Agentlik tomonidan 2021-2022-o‘quv yilida Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul bo‘yicha ishchi guruh tuzildi. Ushbu ishchi guruh tarkibi Agentlik tizimidagi maktablarning malakali o‘qituvchilari hamda yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislaridan iborat.

 Ishchi guruh hududlarda qabul jarayonini to‘g‘ri tashkillashtirish, talabgor-o‘quvchilarning onlayn topshirilgan hujjatlarini ko‘rib chiquvchi mas’ullar uchun treninglar olib boradi.

 Ilk sayyor trening Sirdaryo viloyati Guliston shahrida start oldi.