#xalqaro_hamkorlik
#seminar_trening
Guliston shahridagi Prezident maktabida Amerika Qoʻshma Shtatlarining mamlakatimizdagi elchixonasi RELO (Regional English Language Office) boʻlimi bilan hamkorlikda navbatdagi seminar-trening oʻtkazildi.
Unda Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning STEM hamda ingliz tili fanlari oʻqituvchilari ishtirok etdi. Seminar-trening "Loyihaga asoslangan taʼlim" mavzusida RELO vakillari tomonidan olib borildi.
Tadbir davomida qiziqarli va interfaol oʻyinlar oʻtkazilib, ishtirokchilar oʻzlari uchun muhim va foydali maʼlumotlarga ega boʻldi. Shuningdek, RELO vakillari tomonidan tadbirda qatnashgan oʻqituvchilar uchun metodik qoʻllanmalar taqdim etildi.