Samarqand shahridagi Prezident maktabi “Ochiq eshiklar” kuniga taklif etadi

#Ochiq_eshiklar_kuni
#Prezident_maktabi
#Qabul_2024

⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Samarqand shahridagi Prezident maktabi “Ochiq eshiklar” kuniga taklif etadi.  

⏺ Ochiq eshiklar kunida:

➖ 2024-2025-o‘quv yili uchun o‘quvchilar qabuli to‘g‘risida maʼlumot beriladi;
➖ Maktabdagi o‘qitish tizimi va metodikasi haqida taqdimot qilinadi;
➖ O‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar bilan tanishtiriladi;
➖ Ko‘rgazmalar (o‘quvchilarning dars jarayoni va noakademik to‘garaklardagi amaliy ishlaridan namunalar) oʻtkaziladi;
➖ Maktab hududi bo‘ylab ekskursiya uyushtiriladi.
 
📆 24-may
⏰ Soat 12:30 dan 15:30 gacha
📍Manzil: Samarqand shahri, Amir temur ko‘chasi 82-uy

Maʼlumot va roʻyxatdan oʻtish uchun:
@soxib_0767