❓Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga o'qituvchilarni saralab olish tanlovining suhbat bosqichi natijalari qachon e'lon qilinadi?
✅Suhbat jarayonlari joriy yilning 1-iyuliga qadar davom etadi. Jarayonlar yakunlangandan so'ng, tanlov natijalari haqida joriy yilning IYUL oyida nomzodlarning job.piima.uz saytidan ro'yxatdan o'tgan telefon raqamiga sms-xabarnoma yuboriladi.
❓Tanlovning suhbat bosqichida nomzodning test jarayonlarida to'plagan bali ham inobatga olinadimi?
✅Test pedagog-kadrlarni saralab olish tanlovining 2-bosqichi bo'lib, mazkur bosqichda to'plangan ball nomzodning 3-bosqichga o'tishini belgilaydi. Tanlovning barcha bosqichlaridan muvaffaqiyatli o'tgan nomzodlarga yakuniy natijalar haqida sms-xabarnoma yuboriladi.
❗️Suhbat bosqichi natijalari teng bo'lib qolgan nomzodlarning test ballari inobatga olinadi.
👉 @piimasavollar_bot