STEM+ MUSOBAQASI GʻOLIBLARI ANIQLANDI

 

 Agentlik tizimidagi Prezident maktablari o‘rtasida ilk bor o‘tkazilayotgan "STEM+" musobaqasining Respublika bosqichi yakunlandi.

“Renessans” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida Prezident maktablari o‘rtasida ilk bor tashkil etilgan "STEM+" musobaqasining (https://t.me/piimauz/22481) Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi. 

Unda hududiy bosqichda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Guliston, Xiva, Qarshi va Namangan shahridagi Prezident maktablari jamoalari fan va texnologiyalar boʻyicha bilimlari, jamoaviy ishlash va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini sinovdan oʻtkazdi. 

Yakuniy natijalarga koʻra, Respublika bosqichida: 

Namangan shahridagi Prezident maktabi jamoasi 1-oʻrinni;
Qarshi shahridagi Prezident maktabi jamoasi 2-oʻrinni;
Xiva shahridagi Prezident maktabi jamoasi 3-oʻrinni egalladi. 

Shuningdek, maqolalar yoʻnalishida 7 ta nominatsiya boʻyicha ham g’oliblar taqdirlandi.

Loyihalar yoʻnalishi boʻyicha Toshkent hamda Termiz shahridagi Prezident maktablari eng yuqori natijaga erishdi. 

Musobaqa gʻolib va sovrindorlari maxsus sertifikat va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.